
Aziz talabalar va ota-onalar!
Mehr Ko‘prigi inklyuziv media klubi tomonidan imkoniyati cheklangan talabalar uchun universitet binosi bo‘ylab maxsus video qo‘llanma tayyorlandi.
Videoda:
universitet binosiga kirish yo‘llari;
panduslar;
liftlardan foydalanish imkoniyatlari;
qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘nalishlari batafsil ko‘rsatib berilgan.
Ushbu video qo‘llanma talabalarimizga universitet hududida erkin, qulay va ishonch bilan harakatlanish uchun amaliy yordam beradi.
Biz uchun har bir talabaning o‘zini qulay, xavfsiz va qo‘llab-quvvatlangan his qilishi muhim. Inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirish yo‘lidagi bunday tashabbuslar talabalarning kundalik hayotini yanada yengillashtirishiga ishonamiz.
Mehr Ko‘prigi — mehr, qo‘llab-quvvatlash va imkoniyatlarni bog‘lovchi ko‘prik!Telegram | Instagram