


Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-Davolash fakulteti talabasi Abdupattoxov Abdurahim yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etdi.
Abdupattoxov Abdurahim joriy yilning 11–16-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Turkiya Texnologiya Jamoasi tomonidan tashkil etilgan “Bilim Türkiye” xorijiy trenerlar malakasini oshirish dasturi doirasida eng sara startap mentorlaridan bilim va amaliy ko‘nikmalar oldi.
Dastur davomida ishtirokchilar yoshlar bilan ishlash, startap loyihalarini rivojlantirish, mentorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash bo‘yicha tajriba almashdilar.
Abdupattoxov Abdurahim kelgusida Toshkent shahrida tashkil etilishi kutilayotgan “Bilim Toshkent” yoshlar texnologiya maktabida mentorlik faoliyatini boshlash arafasida.
Mazkur xalqaro dasturda orttirilgan bilim va tajribalar yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi loyihalarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda. Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi Abdupattoxov Abdurahimga kelgusidagi mentorlik va innovatsion faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
Rasmiy sahifalarimiz!