
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetida yangi o‘quv yili davomida bayramona konsert dasturlari tashkil etiladi.
Shu munosabat bilan Ona Vatanimizni madh etuvchi, Vatanga muhabbat, mehr-oqibat va ezgu qadriyatlarni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar hamda milliy raqslar ijro eta oladigan iqtidorli talabalar va yoshlarni ijodiy hamkorlikka taklif etamiz.
Xonandalar, sozandalar, boshlovchilar, ijodkor yoshlar va musiqiy jamoalar ishtirok etishlari mumkin.
Murojaat uchun:99 846 26 08Sizning iste’dodingiz — bayramimiz ko‘rki!
Rasmiy sahifalarimiz!