Toshkent davlat tibbiyot universiteti professoriga yuksak davlat mukofoti topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, mamlakatimizning fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida samarali mehnat qilayotgan bir guruh fidoyi yurtdoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Raxmankulova Zuxra Jandarovna — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Neonatologiya kafedrasi professori.

Universitetimizning fidoyi va tajribali professor-o‘qituvchisining davlatimiz tomonidan yuksak e’tirof etilgani — butun Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi uchun quvonchli voqeadir.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi Zuxra Jandarovna ni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi!
Yuksak davlat mukofoti muborak bo‘lsin!#ToshDavTU#Eʼtibor#Eʼtirof#DavlatMukofoti#IlmFan#Tibbiyot

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment