








Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tgan navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi doirasida universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlarini munosib taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.
Taqdirlash jarayonida qator ustozlarga O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan esdalik nishoni, guvohnoma va ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilariga professor attestati hamda fan doktori diplomi topshirilib, ularning ilmiy-pedagogik faoliyatdagi mehnati va erishgan yutuqlari e’tirof etildi.
Bundan tashqari, universitet xodimlaridan biri “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur taqdirlashlar universitet jamoasi vakillarining ko‘p yillik samarali mehnati, ilmiy-pedagogik faoliyati hamda innovatsion tashabbuslarining munosib e’tirofi bo‘ldi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi barcha taqdirlangan ustoz va xodimlarni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etadi!
Rasmiy sahifalarimiz!