
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan quyidagi ijodiy tanlovlarga start beramiz!
1. «VATAN HAQIDA ENG YAXSHI SHE’R»
Vatan haqida o‘zingiz ijod qilgan she’rni yozing va bizga yuboring. G‘olibga:
100 000 so‘m
Esdalik sovg‘asi
Diplom
She’rlaringizni: @ozod4ik_w manziliga yuboring.
2. «VATANNI SEVMOQ — IYMONDANDIR»
«Vatanni sevmoq — iymondandir» mavzusida rasmlar tanlovi.
G‘olibga:
100 000 so‘m
Esdalik sovg‘asi
Diplom
Ishlaringizni: @ozod4ik_w manziliga yuboring.
3. «VATAN MADHI»
Vatanni madh etuvchi qo‘shiqni o‘zingiz ijro eting va video ko‘rinishida bizga yuboring. G‘olibga:
100 000 so‘m
Esdalik sovg‘asi
Diplom
Videolaringizni: @ozod4ik_w manziliga yuboring.
TANLOV SHARTLARI:
1. TDTU Iqtidorli yoshlar Telegram kanali ga a’zo bo‘lish.
2. Rasm va videolar aynan ushbu tanlov uchun tayyorlangan bo‘lishi kerak:
Rasmda — tanlov nomi ko‘rsatilishi shart.
Videoda — ishtirokchi tanlov uchun tayyorlanganini og‘zaki aytib o‘tishi kerak.
3. She’r ishtirokchining o‘z ijodi bo‘lishi shart.
Vatan madhida birlashamiz!
Barchangizga omad tilaymiz!
Eng yaxshi ijodkor g‘olib bo‘lsin!
Rasmiy sahifalarimiz!