Mustaqillik yillaridagi boshqaruv va parlament tizimidagi asosiy o‘zgarishlar

#Mustaqilligimiz_35_yilligiMustaqillik yillaridagi boshqaruv va parlament tizimidagi asosiy o‘zgarishlar

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yillik taraqqiyot davrida davlat boshqaruvi va parlament tizimini demokratlashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash borasida muhim islohotlar amalga oshirildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida milliy davlatchilikning huquqiy asoslari shakllantirilib, hokimiyatlar bo‘linishi tamoyili qaror topdi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining konstitutsiyaviy vakolatlari belgilandi. Keyingi bosqichlarda parlamentning professional va ikki palatali tizimga o‘tishi, siyosiy partiyalarning parlament faoliyatidagi o‘rni va ta’sirining kuchayishi, parlament nazoratining rivojlanishi davlat boshqaruvining ochiqligi va samaradorligini oshirishga xizmat qildi. So‘nggi yillarda esa davlat organlari faoliyatini xalq manfaatlariga yanada yaqinlashtirish, elektron hukumat va raqamli boshqaruvni kengaytirish, mahalliy vakillik organlarining rolini kuchaytirish hamda parlamentning qonun ijodkorligi va nazorat funksiyalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat boshqaruvini zamonaviy, xalqchil va mas’uliyatli tizimga aylantirishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yurtimizda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot, davlat boshqaruvida xalq manfaatlari va qonun ustuvorligi yanada mustahkam bo‘lib, O‘zbekistonimizning yangi marralari bardavom bo‘lsin!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori,
Abilov Ural Muradovich

Leave a comment