Bugun O‘zbekistonning 35 yillik mustaqillik tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, xorijiy sarmoyadorlar uchun keng

#Mustaqilligimiz_35_yilligiga

Bugun O‘zbekistonning 35 yillik mustaqillik tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, xorijiy sarmoyadorlar uchun keng imkoniyatlar yaratish va hududlarda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining salmoqli natijalarini ko‘rishimiz mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi. Erkin iqtisodiy zonalarda zamonaviy korxonalar, yangi ishlab chiqarish tarmoqlari va innovatsion loyihalarning tashkil etilayotgani, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilayotgani yurtimiz hududlarining iqtisodiy qiyofasini yangilamoqda. Eng muhimi, jalb etilayotgan har bir yangi investitsiya ortida yangi korxona, yangi texnologiya, yangi ish o‘rni va insonlar uchun yangi imkoniyatlar mujassam. Bugun O‘zbekistonning dunyo iqtisodiy makoniga tobora dadil kirib borayotgani, mamlakatimizga bo‘lgan investorlar ishonchining ortib borayotgani va erkin iqtisodiy zonalarning yangi taraqqiyot nuqtalariga aylanayotgani — Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy qudrati, mustaqil taraqqiyot yo‘li va xalqimiz farovon kelajagiga bo‘lgan ishonchning yorqin namunasidir.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti
Iskandarov Sherzod Abdug’aniyevich

Leave a comment