Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan ijodiy chiqish

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-kampus, 1-Pediatriya fakulteti “2-son o‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Yoshlar murabbiysi, “Shuhrat medali” sohibasi Kavsar Sheraliyevna Turdiyevaning ijod namunalari asosida tayyorlangan musiqiy chiqishlar yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida namoyish etildi.

Xususan, ustozning ta’limning ahamiyati haqidagi she’ri hamda Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan she’riga bastalangan qo‘shiq bayramning bolalar blokida “Tomosha” bolalar musiqiy guruhi tomonidan ijro etildi.
Mazkur ijodiy chiqishlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va mustaqillik g‘oyalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment