Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “MUSTAQILLIK KUBOGI”: SPORT — BIRDAMLIK VA G‘ALABA SARI! shiori ostida voleybol

bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan voleybol sport turi bo‘yicha “Shifokor”, “Gurenden” va “Chilonzor” jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvlar murosasiz raqobat, sportga xos shijoat va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Ishtirokchilar g‘alaba uchun astoydil kurashib, o‘zaro hurmat va do‘stona muhit namunasini ko‘rsatdilar.
Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va birdamlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Mustaqillik kubogi” — sog‘lom raqobat, birdamlik, sportga muhabbat va Vatanga sadoqatni birlashtirgan sport bayrami!Mustaqillik — eng ulug‘ ne’mat!Yashasin Yangi O‘zbekiston!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment