
#Yangilik#Tibbiy_talimRezidentura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlashning yagona tizimiga aylanadi
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab shifokor-mutaxassislar tayyorlash to‘liq rezidentura dasturlari orqali amalga oshiriladi. Klinik ordinaturaga qabul to‘xtatiladi. Shu bilan birga, qisqa muddatli qayta tayyorlash dasturlari orqali yangi tor ixtisoslikka ega bo‘lish amaliyoti bekor qilinadi.
Magistratura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlash bosqichi sifatidagi maqomini yo‘qotib, faqat ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga yo‘naltiriladi. Bunda magistraturada tahsil olishga turdosh ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari ham qabul qilinishi mumkin.
Rezidenturada ta’lim davlat granti asosida amalga oshiriladi. Qabul kvotalari hududlar, tibbiyot tashkilotlari ehtiyoji hamda alohida yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar yetishmovchiligini inobatga olgan holda tasdiqlanadi. Rezidentlar uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2,15 baravari miqdorida stipendiya joriy etiladi.
Rezidenturani muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Milliy malakalar ramkasining 7-darajasiga muvofiq diplom beriladi. Ushbu diplom doktoranturada ta’limni davom ettirish huquqini beradi.SSV Matbuot xizmati.
———————
Резидентура станет единственным путем подготовки врачей узкого профиля
С 2027/2028 учебного года подготовка врачей-специалистов будет полностью осуществляться через программы резидентуры. Прием в клиническую ординатуру прекращается.
Также отменяется получение новой узкой специальности посредством краткосрочных программ переподготовки.
Магистратура перестает быть этапом подготовки узкопрофильных врачей и будет ориентирована исключительно на подготовку научных и научно-педагогических кадров. При этом к обучению в магистратуре смогут допускаться также выпускники смежных направлений подготовки.
Подготовка в резидентуре будет осуществляться на основе государственного гранта. Квоты приема будут утверждаться с учетом текущей потребности регионов, медицинских организаций и дефицита специалистов по отдельным направлениям. Для резидентов вводится повышенная стипендия в размере 2,15 минимального размера оплаты труда.
По завершении обучения выпускники резидентуры будут получать диплом, соответствующий 7 уровню Национальной рамки квалификаций, который предоставит право на продолжение обучения в докторантуре.Пресс-служба Минздрава. Web-siteTelegramFbInstagram