Toshkent davlat tibbiyot universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini boshlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir o’tkazilmoqda

Ayni daqiqalarda Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash hamda yangi 2026/2027-o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir boshlandi.

“Yangi 2026–2027-o‘quv yilingiz muborak bo‘lsin!” shiori ostida tashkil etilayotgan tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriylar hamda talabalar jam bo‘lmoqda.

Bayram dasturidan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim va tibbiyot sohasida erishilayotgan yutuqlar, shuningdek, universitetning yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan chiqishlar o‘rin olgan.
Tadbir davomida yangi o‘quv yilida universitet talabalarini kutib olish, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak maqsadlar ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi.

Bayram tadbiri musiqiy va badiiy chiqishlar, tantanali marosimlar hamda ko‘tarinki kayfiyatdagi madaniy dastur bilan davom etishi kutilmoqda.

Yangi o‘quv yili Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi uchun yangi marralar, ilmiy va ta’limiy yutuqlar hamda katta imkoniyatlar sari muhim qadam bo‘lishi shubhasiz.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment