Toshkent davlat tibbiyot universitetida Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi!

Toshkent davlat tibbiyot universitetidaYangi o‘quv yili “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti talabalari uchun yangi 2026/2027 o‘quv yili boshlanishi va Yurtimiz mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” mashg‘uloti tashkil etildi.

Tadbirni fakultet dekani, dotsent A.Valiyev ochib berib, talabalarni yangi 2026/2027 o‘quv yili va mustaqilligimizning 35- yilligi bilan tabriklab, yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat, ulkan yutuqlar va o‘qishlarida omad tiladi.
Shundan so‘ng, Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, (DSc) YoBIB dekan o‘rinbosari A.Xudayberdiyev tomonidan “Mustaqillik darsi” mashg‘uloti olib borildi.
Mashg‘ulot davomida yurtimiz mustaqilligining 35-yillik taraqqiyot yo‘li, uning bugungi kundagi ahamiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha fikr yuritildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment