Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son farmoniga muvofiq quyidagilar ma’lum qilinadi:
1. Toshkent davlat tibbiyot universiteti Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori N.L.Asqarov 2026-yil 8-12 sentabr kunlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida joylashgan “Acıbadem International Hospital” klinikasining markaziy laboratoriyasiga professional tanishuv tashrifini amalga oshirish maqsadida delegatsiya tarkibida xizmat safariga yuborilmoqda.
Xizmat safari bilan bog‘liq barcha xarajatlar taklif etuvchi tashkilot tomonidan qoplanadi.
2. Toshkent davlat tibbiyot universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, Jamoat salomatligi va menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi J.D.Israilov 2026-yil 12-14 sentabr kunlari Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tadigan “Global salomatlik bo‘yicha 12 Pekin forumi”da (12th Beijing Global Health Forum) ma’ruza bilan ishtirok etish va Pekin Universitetining tibbiyot yo‘nalishidagi rahbariyati bilan uchrashish maqsadida xizmat safariga yuborilmoqda.
Xizmat safari bilan bog‘liq barcha xarajatlar taklif etuvchi tashkilot tomonidan qoplanadi.