O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul kvotalari tasdiqlandi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2027-yil qabuli uchun:
1. doktorantura (DSc);Ilova kvota taqsimoti B-337
2. tayanch doktorantura (PhD);
3. stajyor-tadqiqotchilik.
bo‘yicha jami 101 ta o‘rin ajratildi.
📆 Hujjatlar 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi.
📌 Ma’lumot va hujjatlarni elektron tarzda topshirish uchun:
➡️ www.daraja.ilmiy.uz
Ilova kvota taqsimoti B-337
📩 Talab etiladigan hujjatlar:
1. Muassasa rahbari — Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori nomiga yozilgan ariza;
2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (3.5-shakl bo‘yicha, o‘zbek va rus tillarida);
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4. Magistratura diplomi yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari:
❗️PhD uchun — kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis;
❗️DSc uchun — kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis;
❗️doktorlik dissertatsiyasi rejasining to‘liq loyihasi;
6. ID-karta yoki pasport nusxasi;
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi ekanligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi (mavjud bo‘lsa);
8. Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat — B1 va undan yuqori daraja.
Stajyor-tadqiqotchilikka hujjat topshirishda til sertifikati talab etilmaydi.
📝 Kirish imtihonlari
✔️ 13.00.02 va 19.00.04 ixtisosliklari bo‘yicha — suhbat asosida;
✔️ 14.00._00_ ixtisosligi bo‘yicha — ilmiy-tadqiqot ishining taqdimoti asosida o‘tkaziladi.
Hurmat bilan,
Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi