


, ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyat o‘zaro uyg‘un holda yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda kafedrada 26 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib borib, talabalarga ko‘z kasalliklarini zamonaviy diagnostika qilish, davolash va oldini olishning ilg‘or usullarini chuqur o‘rgatib kelmoqda.
Ta’lim jarayonida talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, oftalmologik bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish, zamonaviy diagnostika usullaridan foydalanish hamda turli ko‘z kasalliklarini aniqlash va davolash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, zamonaviy tibbiy texnologiyalar va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni kelajakdagi oftalmolog mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tez orada Oftalmologiya kafedrasi faoliyati haqida batafsil videolavha namoyish etiladi.Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok