Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida yangi o‘quv yilida talaba-qizlar bilan ishlashda “Har bir qiz — alohida e’tibor, har bir murojaat — alohida

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida yangi o‘quv yilida talaba-qizlar bilan ishlashda “Har bir qiz — alohida e’tibor, har bir murojaat — alohida mas’uliyat” tamoyili asosida ish olib borishga alohida urg‘u berildi.

Yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor T.A. Bobomuratov hamda Xotin-qizlar kengashi raisi I.K. Mahkamova tomonidan talaba-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish yuzasidan bir qator muhim vazifalar muhokama qilindi.

Har bir talaba-qizning shaxsiy, ijtimoiy, oilaviy va psixologik holatini inobatga olgan holda, uning muammosini chuqur o‘rganish, murojaatining asl sabablarini aniqlash hamda zarur hollarda amaliy yordam ko‘rsatish muhim vazifalardan biri sifatida belgilab olindi.

Asosiy maqsad — muammo yuzaga kelgandan so‘ng uni hal etish emas, balki muammoni o‘z vaqtida aniqlash, uning oldini olish va har bir talaba-qizni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Rasmiy sahifalarimiz:Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment