




Toshkent davlat tibbiyot universitetining 3-kurs talabalari uchun O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalar xalqimizning qadimiy va boy tarixi, asrlar davomida saqlanib kelayotgan noyob eksponatlar hamda milliy-madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishdilar.
Muzey ekspozitsiyalaridagi tarixiy ashyolar va noyob topilmalar talabalarda katta taassurot qoldirib, ajdodlarimizning boy merosi va tariximiz bilan faxrlanish tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashriflar talabalarning tarixiy bilimlarini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish hamda jamoada hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Guruh tyutori: Shamudinova Feruza Mirxamitovna
Sana: 8-sentabr 2026-yil
#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#Talabalar#ManaviyMarifiyTadbir#OzbekistonTarixi#Muzey#AjdodlarMerosigaEhtirom
Rasmiy sahifalarimiz!