
Magistraturaga tavsiya etilgan talabgorlardan (talabgorlar o‘z natijalari bilan my.edu.uz shaxsiy kabinetida tanishishlari mumkin)ro‘yxatga muvofiq hujjatlar 11-sentabrdan boshlab 19-sentabrgacha Toshkent davlat tibbiyot universitetining 3-TTJda qabul qilinadi (dushanba-shanba, 09:00-17:30 gacha). Eslatma: Magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan qoplab berish bo‘yicha arizani 2026-yil 15-sentabrga qadar topshirishlari zarur.
Qo‘shimcha savollar uchun mas’ul xodimlarga va “Call markazi”ga murojaat qilishingiz mumkin:
Call markaz:
+998954754501
+998954754502
+998954754503
+998954754504
+998954754506Mas’ul xodim:
+998 99 397 95 50
+998 94 350 05 50
Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:
1. Magistratura yo‘nalishi ko‘rsatilgan holda Toshkent davlat tibbiyot universitetining rektori nomiga ariza;
2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) nusxasi – 1 dona;
3. Diplom ilovasi nusxasi – 1 dona;
4. 6 dona 3.5×4.5 hajmdagi rangli fotosurat (barchasi bir xil bo‘lishi shart, Rasmiy yuridik foto);
5. Pasport (yoki ID-kartasi) asli va nusxasi;
6. Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat nusxasi – 1 dona;
7. Skorosshivatel – 1 dona
8. Konvert – 1 dona
9. Bittalik fayl – 3 dona
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, ShIFOKORLAR ShAHARChASI, 3-TALABALAR TURAR JOYI
https://maps.app.goo.gl/9LcjFRtA2y7FKCNf6 Avtobus: 28, 116 (bekat – 16-son Oilaviy poliklinikasi).
Rasmiy sahifalarimiz!