“Dekan va yoshlar uchrashuvi: yangi o‘quv yili — yangi marralar sari”

2026-yil 10-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-stomatologiya fakulteti 2-kurs talabalari bilan “Dekan va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda fakultet dekani S.S. Gulyamov talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ularga o‘qishlarida muvaffaqiyat va yuqori natijalar tiladi.

Suhbat davomida universitetning odob-axloq qoidalari, muomala madaniyati va ichki tartib-intizomga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olish, kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha muhim tushuntirishlar berildi.
Talabalarga vaqtni mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.Dekan muovini: K.D. Alimova

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment