





Toshkent davlat tibbiyot universitetida har juma kuni “Milliy liboslar kuni” doirasida milliy liboslarimizni targ‘ib etish, talaba-yoshlarning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Milliy liboslar xalqimizning boy tarixi, betakror madaniyati, urf-odatlari va ko‘p asrlik ma’naviy merosini o‘zida mujassam etadi. Ulardagi rang, naqsh va bezaklar xalqimizning o‘ziga xos estetik didi hamda milliy an’analarini namoyon etadi.
Ushbu tashabbus orqali yoshlar qalbida milliy o‘zlik, milliy g‘urur va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish maqsad qilingan.
Milliy libos — milliy g‘urur, milliy o‘zlik va ma’naviy merosimiz timsolidir.Dekan muovini K.D. Alimova
Rasmiy sahifalarimiz!