




#Jarayon#
1-bosqich talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish jarayoni nazorat qilinmoqda
Toshkent davlat tibbiyot universitetining FMFTBTM va OMX fakulteti dekani Otajonov I.O. hamda dekan o‘rinbosari Abduraxmanova N. X. tomonidan 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni talabalar turar joylariga joylashtirish jarayoni nazorat qilinmoqda.
Jarayon davomida talabalar hamda ularning ota-onalari bilan bevosita muloqot qilinib, ularning turar joyiga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganilmoqda. Talabalarni belgilangan tartibda talabalar turar joylariga joylashtirish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Fakultet mas’ullari tomonidan yangi qabul qilingan talabalarga zarur tushuntirishlar berilib, ularning o‘quv yilini munosib sharoitda boshlashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash va talabalar turar joyiga joylashtirish jarayonini tizimli tashkil etish fakultet rahbariyatining ustuvor vazifalaridan biridir.
Rasmiy sahifalarimiz: