







Toshkent davlat tibbiyot universitetida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Inson kapitali va u nima uchun muhim?” mavzusida tashkil etildi.
Mashg‘ulotni Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, (DSc), YBIB dekan o‘rinbosari A. Xudayberdiyev olib bordi.
Unda inson kapitalining mazmun-mohiyati, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, yoshlarning bilim, ko‘nikma, tajriba va salohiyatini rivojlantirishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mashg‘ulot davomida mavzuga oid videokontentlar namoyish etilib, talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, doimiy izlanish va o‘z ustida ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Rasmiy sahifalarimiz!