Sog‘lom hayot tarzi — sog‘lom avlod garovi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida talaba-yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2026-yil 15-sentabr kuni universitetning 7-sonli talabalar turar joyida talabalar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida talabalar turli jismoniy mashqlarni bajarib, kunni yuqori kayfiyat va faol ruhda boshladilar. Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yoshlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, chiniqishini ta’minlash, sog‘lom turmush tarziga amal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Universitetda talabalarning sog‘lom va faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari muntazam ravishda tashkil etib borilmoqda.
Sog‘lom talaba — sog‘lom jamiyat va buyuk kelajak poydevoridir!

Leave a comment