



Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-stomatologiya fakultetida 2-kurs talabalari ishtirokida “Odob-axloq qoidalari” va “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Tadbirda Yashnobod tumani IIO FMB 2-IIB profilaktika katta inspektori, podpolkovnik B.T. Qurbonov ishtirok etdi.
Suhbat davomida talabalarga odob-axloq qoidalariga rioya qilish, yuksak ma’naviyat va huquqiy madaniyatni shakllantirish, shuningdek, giyohvandlikning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri haqida muhim ma’lumotlar berildi.
Tadbir yoshlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilish, zararli illatlardan yiroq bo‘lish va jamiyatda munosib o‘rin egallashga undovchi fikr va tavsiyalar bilan mazmunli o‘tdi.
Rasmiy sahifalarimiz!