








Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1-bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yili boshlandi.
Shu munosabat bilan Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti dekani A. Valiyev hamda dekan o‘rinbosarlari yangi qabul qilingan talabalar bilan uchrashib, ularni universitet hayoti bilan yaqindan tanishtirdilar.
Uchrashuv davomida universitet va fakultet tuzilishi, kafedralar, ta’lim jarayoni hamda ichki tartib-qoidalar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalar talabalikka qabul qilingani hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklandi.
Yangi o‘quv yilida barcha talabalarga ulkan muvaffaqiyatlar, yuqori natijalar va o‘qishlarida omad tilaymiz! Kelgusida yetuk, bilimli va malakali tibbiyot mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga ishonch bildiramiz.
Rasmiy sahifalarimiz!