Professor Baxtiyor G‘afurovning 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent shahrida tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor G‘afurovich G‘afurovning 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “Nevrologiya evolyutsiyasi: manbalardan zamonaviy ilm-fan yutuqlarigacha” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda nevrologiya sohasi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, olimlar hamda tibbiyot ta’limi va amaliyoti vakillari ishtirok etdi.

Professor B.G‘afurov nevrologiya sohasida katta ilmiy va amaliy maktab yaratgan mutaxassislardan biridir. U 700 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 6 ta monografiya va shifokorlar uchun 2 ta qo‘llanma muallifidir. Uning rahbarligida 22 ta doktorlik va 60 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Bugungi kunda professorning shogirdlari respublikadagi oliy ta’lim muassasalari va klinikalarda kafedra mudiri hamda yetakchi mutaxassislar sifatida faoliyat yuritmoqda.

Xalqaro konferensiya davomida nevrologiya fanining rivojlanish bosqichlari, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, insult va boshqa nevrologik kasalliklarni davolashdagi yangi yondashuvlar, shuningdek, sohada ilmiy kadrlar tayyorlash va ilmiy maktablar davomiyligi masalalari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida professor Baxtiyor G‘afurovich G‘afurovni CRPKMR ,Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati, O‘zbekiston Nevrologlar assotsiatsiyasi, har ikki oliy ta’lim muassasasining nevrologiya kafedralari hamda “Nevrologiya” jurnali tahririyati tomonidan 80 yillik yubileyi bilan samimiy muborakbod etildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment