🇰🇷 Koreya Respublikasida malaka oshirish va amaliy stajirovka imkoniyati!
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot mutaxassislarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga joriy etish maqsadida **Seoul National University Bundang Hospital (SNUBH)**da 6 oygacha bo‘lgan muddatga malaka oshirish va amaliy stajirovka tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
🔹 Yo‘nalishlar:
Kardiolog, kardiotorakal jarroh, nevrolog, neyrojarroh, neyrointervensionist, neyrointensivist, insult bo‘yicha intensiv terapiya shifokori, ortoped-jarroh, gepatobiliar va pankreatik jarroh, yuqumli kasalliklar shifokori, nefrolog, anesteziolog, oftalmolog, gastroenterolog, otorinolaringolog, intensiv terapiya shifokori, pulmonolog, endokrinolog, reabilitatsiya tibbiyoti shifokori, shoshilinch tibbiy yordam shifokori, laboratoriya tibbiyoti shifokori, patolog va radiolog.
📌 Nomzodlarga asosiy talablar:
• tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;
• amaldagi malaka hujjati (sertifikat);
• tegishli mutaxassislik bo‘yicha klinik va amaliy ish tajribasi;
• zamonaviy diagnostika va davolash usullarini qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;
• o‘quv jarayoni va kasbiy muloqot uchun yetarli darajada ingliz tili;
• Koreyada belgilangan muddat davomida malaka oshirish va stajirovkadan o‘tishga tayyorlik.
📄 Topshiriladigan hujjatlar:
obyektivka;
mutaxassislikni tasdiqlovchi hujjatlar;
ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lsa).
⏰ Hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati:
2026-yil 17-sentabr, soat 12:00 gacha.
📎 Batafsil ma’lumot uchun Universitet Xalqaro hamkorlik bo’limi mutaxassisi Muzaffarova Fotimaga (Telegram: @fotimashuxratovna) murojaat etishingiz mumkin.