“Munozara” respublika turniriga start berildi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Fanlar Akademiyasi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining yangi mavsumiga start beradi.
Turnirda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim tashkilotlari talabalari 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzgan holda ishtirok etishlari mumkin.
“Munozara” respublika turniri uch bosqichda oliy ta’lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichi tartibida o‘tkaziladi. Birinchi oliy ta’lim tashkiloti bosqichi fakultetlar jamoalari o‘rtasida sentyabr oyining uchinchi o‘nkunligida tashkil etiladi.
Turnir nizomi va yo‘riqnomasi
Turnir mintaqaviy bosqichida 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari, shuningdek, o‘zi tahsil oladigan oliygoh tomonidan (har bir jamoa a’zosi) bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari miqdorida pul bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqichida 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan jamoalar esa qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Finalda qatnashgan barcha jamoalarga esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

Instagram| YouTube|Telegram

Leave a comment