Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikum bilan hamkorlik doirasida uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent davlat tibbiyot universitetining Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish bo‘limi hamkorlik doirasida Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi.

2026-yil 15-sentabr kuni bo‘lim bosh mutaxassisi M.Z. Atajiyeva texnikumning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.N. Normurodova hamda “Kasbiy fanlar” kafedrasi mudiri Isroilova X.Yu. bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida hamkorlik shartnomasi asosida yil davomida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Jumladan, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik holatini tahlil qilish, amaliy-metodik yordam ko‘rsatish, yetishmayotgan adabiyotlarni hamkorlikda yaratish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va “Mahorat darslari”ni tashkil etish, shuningdek, ARM faoliyatiga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Atajiyeva M.Z. texnikumning Axborot-resurs markazi faoliyati va mavjud o‘quv-badiiy adabiyotlar fondi bilan tanishdi.
Tashrif yakunida tomonlar belgilangan rejalar asosida hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment