Toshkent davlat tibbiyot universitetining talalabasi Yaponiyada ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar!

Toshkent davlat tibbiyot universitetiningtalalabasi Yaponiyada ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi tomonidan texnikumlar bilan hamkorlikdagi faoliyatni rivojlantirish, xususan, o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu yo‘nalishda O‘rolova Muhlisa va Mahmudbekova Zaynabxon bir yil davomida kafedra assistenti Shakirova D.D. rahbarligida ingliz tilidan tayyorgarlik ko‘rdilar.
Bugun talabalarimizni Yaponiyada ta’lim olish uchun yangi bosqich sari kuzatar ekanmiz, ularga o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyat, yangi bilim va boy tajriba tilaymiz.
Ushbu jarayonda texnikum jamoasi hamda Shakirova D.D.ning talabalarga ko‘rsatgan ko‘magi va mehnati alohida ahamiyat kasb etdi.
Ishonamizki, talabalarimiz Yaponiyada olgan bilim va tajribalarini kelgusida yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish yo‘lida safarbar etadilar.
Oq yo‘l, aziz talabalar! Yaponiyadagi ta’lim yo‘lingiz muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment