Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-davolash fakultetida guruh murabbiylari bilan maqsad va vazifalar belgilandi

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-davolash fakultetida 2026/2027-o‘quv yilida 4-, 5- va 6-kurs talabalarining ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, kasbga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etish hamda ularning yashash sharoitini o‘rganish va nazorat qilib borish maqsadida guruh murabbiylari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Universitet prorektori T.A. Bobomuratov, rektor maslahatchisi B.T. Egamberdiev, 1-davolash fakulteti dekani Sh.Sh. Yusupov, shuningdek, kafedralarning 80 nafardan ortiq murabbiylari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida 2026/2027-o‘quv yilida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish, ularning ta’lim jarayonidagi faolligi, davomat ko‘rsatkichlari, intizomi va o‘zlashtirish darajasini muntazam nazorat qilib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, guruh murabbiylari oldiga quyidagi ustuvor maqsad va vazifalar belgilab berildi:
Murabbiylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarini samarali tashkil etish hamda talabalar bilan muntazam individual va guruhli ishlarni olib borish.
Talabalarning darslarga qatnashishi, intizomi va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini muntazam tahlil qilish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ularning vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, kasbiy odob-axloqi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tizimli tashkil etish.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda alohida e’tibor talab qiladigan talabalar bilan individual ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va tegishli yordam choralarini belgilash.
Ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, talabalar ta’lim-tarbiyasi, davomat va xulq-atvoriga oid masalalarda muntazam muloqot olib borish.
Talabalarni kasbga yo‘naltirish ishlarini kuchaytirish, ularni tanlagan kasbiga mehr va mas’uliyat ruhida tarbiyalash hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarligini oshirish.
Talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish va monitoring qilib borish, ularning ijtimoiy-maishiy holati, xavfsizligi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratish.
Talabalar bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan turli masalalarni o‘z vaqtida muhokama qilish va tegishli choralarni belgilash.
Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, har bir talaba bilan individual ishlashni yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim va tarbiya jarayonida professor-o‘qituvchilar, guruh murabbiylari va ota-onalar hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
1-davolash fakulteti dekanati jamoasi

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment