



Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2026–2027-o‘quv yili doirasida ta’lim jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanmoqda.
Davlat madhiyasining yangrashi talabalarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yuksak fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish, shuningdek, ta’lim jarayonini vatanparvarlik ruhida tashkil etishga xizmat qiladi.
Mazkur ezgu an’ana har bir yangi kunni yuksak maqsadlar, mustahkam intilishlar va Vatanga sadoqat ruhida boshlashga chorlaydi.
Yangi o‘quv yili barcha talabalarimiz uchun yangi bilimlar, ulkan maqsadlar va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son davolash fakulteti va Farmakologiya kafedrasi
Rasmiy sahifalarimiz!