







Toshkent davlat tibbiyot universiteti2-pediatriya fakultetida “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-pediatriya fakultetida talabalar bilan “Dekan va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talabalar fakultet dekani hamda mas’ul xodimlar bilan yaqindan tanishtirildi. Talabalarning ta’lim jarayoni, yashash sharoitlari va boshqa masalalar yuzasidan muammo va takliflari tinglandi.
Talabalar o‘z fikr va mulohazalarini erkin bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Mavjud muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
2-pediatriya fakulteti dekani D. T. Ashurova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Y. B. Ulasheva, tyutorlar hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.
Bunday uchrashuvlar talabalar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz!