
“MUSTAQIL O‘ZBEKISTON — MENING FAXRIM” INSHOLAR TANLOVI
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda talaba-yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Mustaqil O‘zbekiston — mening faxrim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovning maqsadi:
Talaba-yoshlarda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash;
Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni keng targ‘ib etish;
Talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Tanlov mavzusi: “Mustaqil O‘zbekiston — mening faxrim”
Insholarni topshirish muddati: 2026-yil 25-sentabrga qadar.
Insholarni topshirish tartibi:
Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabalar o‘z insholarini belgilangan muddatga qadar tegishli fakultetlarning yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovinlariga taqdim etishlari so‘raladi.
Taqdirlash:
Tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar.
Barcha talaba-yoshlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Mustaqil O‘zbekiston — bizning faxrimiz va kelajagimiz!
Rasmiy sahifalarimiz!