Milliy g‘urur va yuksak ma’naviyat sari!»

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-davolash fakultetiti 1-bosqich 118-119-guruh talabalari ishtirokida «Qadriyati ulug‘langan yurtning kelajagi buyukdir» shoiri ostida Chelleng tashkil etildi.
Inson salomatligini asrashdek mas’uliyatli kasbni egallayotgan bo‘lajak shifokorlarimizning qalbida milliy qadriyatlarimiz va o‘zligimizga bo‘lgan bunday yuksak hurmatning mujassamlashgani kishiga alohida g‘urur bag‘ishlaydi.
«Tibbiyot sohasi vakillari nafaqat insonlar salomatligi, balki millatimiz ma’naviyati va qadriyatlarini ham shunday go‘zal tarzda namoyon eta olishi tahsinga sazovor! Milliy kiyimlarimizdagi nazokat va madhiyamizga bo‘lgan ehtirom har bir kadrda yaqqol aks etibdi.

Barcha yoshlarni ushbu ma’rifiy chellendjni qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!»

1-davolash fakultetiti Maʼnaviy maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosar A.R.Xurramov tyutorlari N.A.Mirzaqulova, D.M.Mustayeva9-TTJ pedagogik tarbiyachi A.Ulug‘ov

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment