#1-kurs maktabi#

Fakultetda “1-kurs maktabi” tadbiri o‘tkazildi
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Farmatsiya, menejment, fundamental tibbiyot, biotibbiyot muhandisligi va OMX fakultetida 1-bosqich talabalari uchun “1-kurs maktabi” tadbiri tashkil etildi.
Fakultet dekani I.O.Otajonov tomonidan yangi qabul qilingan talabalarga universitetning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv tizimi, fakultetlar, kafedralar, bo‘lim va xizmatlarning faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, fakultet o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini N.A. Abzalova, yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini N.H.Abdurakhmanovalar tomonidan talabalarga ta’lim jarayonini tashkil etish tartibi, talabalarning huquq va majburiyatlari, ichki tartib-qoidalar, odob-axloq me’yorlari, fakultet registrator ofisi menedjeri M.N. Xalbekov elektron ta’lim tizimlaridan foydalanish tartibi hamda hamda universitetning 7-sonli talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar tarbiyachi-pedagog A.M.Xudoyberdiev tomonidan tushuntirildi.
Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga qator masullar va tyttorlar tomonidan javoblar berilib, universitet hayotida faol ishtirok etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ta’lim jarayoniga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
“1-kurs maktabi”ning asosiy maqsadi — 1-bosqich talabalarini universitet hayoti, uning tashkiliy tuzilmasi va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ularning yangi ta’lim muhitiga muvaffaqiyatli moslashuviga ko‘maklashishdan iborat.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment