Universitetimiz talabalari «Zakovat»da sovrinli o’rinni qo’lga kiritishdi!

Joriy yilning 23 sentyabr kuni «Zakovat» arena binosida Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi hamda “Zakovat intellektual klubi” NNT hamkorligida davlat va nodavlat universitetlar jamoalari o‘rtasida “Havaskor zakovatchilar” intellektual musobaqasi tashkil etildi.
“Havaskor zakovatchilar” intellektual musobaqada 28 ta oliy ta’lim tashkilotlarining jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi.
Mazkur musobaqa shartiga ko‘ra, ishtirokchilarga savollar berildi va ushbu savollarga eng ko‘p javob bergan jamoalardan 3 nafari sovrinli o‘rinlarni egallashdi.
Qizg‘in va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tgan “Zakovat” intellektual o‘yini natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin- 9 000 000 (to‘qqiz million) so‘m;
2-o‘rin- 7 500 000 (yetti million besh yuz ming) so‘m;
3-o‘rin- 6 000 000 (olti million) so‘m pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Birinchi o‘rinni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, ikkinchi o‘rinni Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda uchinchi o‘rinni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti guruhlari egallashdi.
O‘yin bilimdon yoshlar tomonidan iliq fikrlar bilan yakunlandi, juda ko‘plab qiziqarli taklif va mulohazalarga boy bo‘ldi.
Tadbir yakunida yosh bilimdonlar bunday tadbirlarni ko‘proq o‘tkazish va bunda ishtirok etish bo‘yicha xohishlari borligini bildirishdi.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment