MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN BASKETBOL MUSOBAQASI

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Sport majmuasida talabalar o‘rtasida basketbol sport turi bo‘yicha musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqada universitet fakultetlarining o‘g‘il va qiz talabalaridan iborat jamoalari faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan  intilishlarini namoyon etdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — 1-pediatriya fakultetining “Astro” jamoasi;
2-o‘rin — 2-pediatriya fakultetining “Venus” jamoasi;
3-o‘rin — Xalqaro fakultetining “Stars” jamoasi.

Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin — 2-pediatriya fakultetining “Venners” jamoasi;
2-o‘rin — 1-pediatriya fakultetining “Viktoriya” jamoasi;
3-o‘rin — Davolash fakultetining “Elegant” jamoasi.

Musobaqa shiddatli va qizg‘in davom etdi. Tomoshabinlar ham qo‘llab quvatladilar.

Mas’ul: Muhammadiyev R.O»

Leave a comment