



doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdilar.
Tashrif doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetining Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish bo‘limi xodimlari hamda Yuz-jag‘ xirurgiyasi va stomatologiya, Epidemiologiya, Odam anatomiyasi va OXTA, Onkologiya, onkogematologiya va radiatsion onkologiya, 1-son dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi, 1-son sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedralari vakillari bilan mazmunli va samarali uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda tibbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish hamda nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, hamkorlik doirasida:
professor-o‘qituvchilar va tibbiyot mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish;
o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va tibbiy texnologiyalarni keng joriy etish;
texnikum o‘quvchilarining nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish;
texnikum o‘qituvchilarning kasbiy va metodik salohiyatini oshirish;
ilmiy-uslubiy yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
o‘zaro tajriba almashinuvi va malaka oshirish tadbirlarini tashkil etish;
kelgusida qo‘shma ilmiy, ta’limiy va amaliy loyihalarni amalga oshirish kabi muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.
Muloqot davomida tibbiyot sohasida malakali, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashda ta’lim muassasalari o‘rtasidagi uzviy hamkorlikning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Mazkur kelishuv ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quv-metodik jarayonlarni takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va yosh tibbiyot kadrlarining kasbiy salohiyatini yuksaltirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Eng muhimi, bunday hamkorlik orqali ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yanada mustahkamlanib, kelajakda tibbiyot sohasi uchun bilimli, malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shiladi.
Hamkorlik — tajriba va bilimlar almashinuvi, hamjihatlik — yangi imkoniyatlar manbai, birgalikdagi sa’y-harakatlar esa — yuksak natijalar poydevori hisoblanadi.
Rasmiy sahifalarimiz!