E’LON | OLIMPIADA ISHTIROKCHILARIGA MUHIM MA’LUMOT Tibbiy amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha VI Xalqaro talabalar olimpiadasi «TIBBIYOT MOHIRLARI–2026» ICHKI UNIVERSITET SARALASH BOSQICHI
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalarni universitet terma jamoasini shakllantirish maqsadida o‘tkaziladigan ichki universitet saralash bosqichida ishtirok etishga taklif qiladi.
SARALASH YO‘NALISHLARITerapiya — 4–6-kurs talabalari
Pediatriya — 3–6-kurs talabalari
Reproduktiv salomatlik — 4–6-kurs talabalari
Shoshilinch tibbiy yordam — 4–6-kurs talabalari
Tibbiy profilaktika — 3–5-kurs talabalari
Akademik U.A. Aripov nomidagi I Xalqaro amaliy ko‘nikmalar olimpiadasida ishtirok etish uchun universitet miqyosida o‘tkazilayotgan ichki saralash bosqichiga ro‘yxatdan o‘tgan talabalar diqqatiga!Umimiy ro’yxatda o’tgan talabalar soni 222 ta bo’ldi!Qatnashuvchilar ro’yxati:@tashmed_olympiadSana: 28-sentabr
Vaqt: 16:30
Manzil: Bosh kampus 2-qavat Test markazi
Ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilardan belgilangan vaqtda Test markaziga kelishlari so‘raladi.
O‘zingiz bilan talabalik guvohnomasi yoki pasport olib kelishingizni unutmang.
1-bosqichdan 60% va undan yuqori natija ko’rsatgan talabalar keyingi bosqichga o’tadi!
Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Tashkent davlat tibbiyot universitetiIqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
@tashmeduni_mth