1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan REKTOR TABRIGI

Aziz va muhtaram ustozlar!

Sizlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ustoz – inson qalbiga ilm va ma’rifat nurini olib kiradigan, yosh avlodga nafaqat bilim, balki hayot sabog‘i, ezgulik va yuksak insoniy qadriyatlarni singdiradigan ulug‘ zotdir. Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz, fidoyiligingiz hamda kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz tahsinga loyiq.
Ayniqsa, tibbiyot ta’limida ustozning o‘rni beqiyos. Bugungi talabaga bergan bilimingiz va tarbiyangiz ertaga inson hayoti va salomatligini asrashga xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Shogirdlaringiz kamolini ko‘rib, mehnatingiz samarasi va hurmat-e’tiboridan doimo bahramand bo‘ling!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Hurmat bilan,Shuxrat BoymuradovToshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment