Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetida yangi o‘quv yilining eng muhim va hayajonli tadbirlaridan biri — “Talabalikka bag‘ishlov–2026” tantanali marosimi boshlandi.

Xalqlar do‘stligi san’at saroyida o‘tayotgan tadbirda universitetning 3 456 nafar birinchi bosqich talabasi jam bo‘lgan. Ular uchun bugungi kun oddiy bayram tadbiri emas, balki talabalik hayotining rasmiy boshlanishini anglatuvchi muhim va unutilmas sana sifatida tarixga kiradi.
Tantanali marosimda talabalar, professor-o‘qituvchilar, universitet jamoasi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriy ustozlar hamda san’atkorlar ishtirok etmoqda.
Bugungi marosimning markaziy voqealaridan biri — birinchi bosqich talabalarining talabalik qasamyodini qabul qilishi. Bu jarayon yoshlarning oliy ta’lim dargohiga kirib kelgani bilan birga, ularning oldida turgan katta mas’uliyatni ham anglatadi.
Marosimda 300 nafar professor-o‘qituvchi 1–6-qatorlardan joy olgan. Qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan 914 nafar birinchi bosqich talabasi esa tadbirni Zoom platformasi orqali onlayn kuzatmoqda.
Bu raqamlar bir qarashda statistik ko‘rsatkichdek tuyulishi mumkin. Biroq ularning har biri ortida alohida taqdir, alohida maqsad va kelajakdagi bir tibbiyot mutaxassisi turibdi.
Bugun 3 456 nafar yosh uchun yangi sahifa ochilmoqda. Ularning talabalik tarixi aynan shu sahnadan boshlanmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok

Leave a comment