Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari bilan uchrashdi

2026-yil 28-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari ishtirokida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Universitetga tashrif buyurgan Qoraqalpog‘istonlik yoshlarni Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov kutib oldi. Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tkazilib, unda talabalar bilan ochiq muloqot qilindi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ikki tibbiyot ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda yoshlarning ta’lim, ilm-fan va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi hamkorligini yanada mustahkamlashdan iborat.

Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, universitetdagi ta’lim jarayoni, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va yoshlar bilan ishlash tizimi haqida fikr almashdilar.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalariga esdalik sovg’alar ulashildi hamda universitetining ta’lim va infratuzilma imkoniyatlari bilan ham yaqindan tanishtirildi.
Bunday uchrashuvlar bo‘lajak shifokorlar o‘rtasida yangi do‘stlik rishtalarini shakllantirish, bilim va tajriba almashish hamda yoshlarni yagona maqsad — mamlakat tibbiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida birlashtirishga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment