


BUTUNJAHON SHAXMAT OLIMPIADASIDA UNIVERSITETIMIZ TALABASI!16–27-sentabr kunlari Samarqand shahrida shaxmat bo‘yicha 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Dunyoning turli mamlakatlaridan eng kuchli shaxmatchilar jam bo‘lgan mazkur nufuzli xalqaro musobaqada Toshkent davlat tibbiyot universiteti Memejment yo’nalishining 3-bosqich talabasi Samandarov Sherzod Abduazim o‘g‘l i ham hakam sifatida ishtirok etdi.
Sherzod Samandarov shaxmat sport turi bo‘yicha “Sport ustasi” hamda xalqaro toifadagi “FIDE Arbiter” unvonlari sohibi bo‘lib, olimpiada davomida hakamlik vazifalarini yuqori mas’uliyat va professionallik bilan amalga oshirdi.
Uning mazkur nufuzli xalqaro musobaqada hakam sifatida ishtirok etishi nafaqat shaxsiy yutuq, balki Toshkent davlat tibbiyot universiteti uchun ham faxrli voqeadir.
Universitetimiz jamoasi Sherzod Samandarovni ushbu xalqaro miqyosdagi ishtiroki bilan muborakbod etadi va kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
Rasmiy sahifalarimiz: