#DOKTOR_REPORTER_XABAR_ BERADI.

Biz voqealarni shunchaki kuzatmaymiz — tibbiyot ichidan turib hikoya qilamiz.
Ustozga ehtirom — shogirdga ibrat
Ba’zan bir tadbirda she’r ham yangraydi, milliy raqs ham ijro etiladi, sahna ko‘rinishlari ham namoyish etiladi. Ammo ularning barchasini birlashtiradigan bitta tuyg‘u bo‘ladi — ustozga hurmat.
Toshkent davlat tibbiyot universitetining 5-talabalar turar joyida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Ustoz otangdek ulug‘” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir ana shunday samimiy muhitda o‘tdi.
Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari bo‘yicha prorektori Turdiqul Akramovich Bobomurotov, Axborot-resurs markazi xodimlari, ustozlar, “Abu Ali ibn Sino izdoshlari” klubi kitobxonlari, tarbiyachi-pedagog hamda talaba-yoshlar bir davrada jam bo‘ldilar.
Talabalar ijrosidagi sahna ko‘rinishlari,
milliy raqslar,
ustozlarga atalgan she’rlar…
Bularning har biri yoshlarning o‘z ustozlariga aytmoqchi bo‘lgan bitta katta “Rahmat!”ining turli ifodasi bo‘ldi.
Chunki tibbiyotda ustozning o‘rni boshqacha.
Kitobdan bilim olish mumkin. Ammo bemor qarshisida qanday turishni, mas’uliyatni qanday his qilishni, kasbga sadoqat va inson dardiga befarq bo‘lmaslikni ko‘pincha ustozning o‘zi o‘rgatadi.
Bugun ustoz qarshisida she’r o‘qiyotgan, sahnaga chiqayotgan bu yoshlar ertaga oq xalat kiyib, inson salomatligi uchun mas’ul bo‘ladilar.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment