Muxbir:

Muxbir:
-Hamid Karimov ilmiy maktabining eng muhim jihati nimada, deb o‘ylaysiz?
Baxtiyor Irisqulov,  professor:
-Ustoz ilmiy masalaga tor doirada qaramas edi. Bir jarayonni o‘rganar ekan, uni butun organizm bilan bog‘liq holda tahlil qilardi. Shu sababli uning tadqiqotlari faqat nazariy patologik fiziologiya doirasida qolib ketmadi.
Masalan, Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutida mikrosirkulyatsiya laboratoriyasi tashkil etildi. Qon tomirlaridagi gemodinamik va reologik o‘zgarishlarni qayd etish hamda statistik tahlil qilish imkonini beruvchi tizim yaratildi. Bu tadqiqotlar natijalari amaliy tibbiyotning kardiologiya, oftalmologiya, gematologiya, akusherlik-ginekologiya, nevrologiya, pediatriya va gepatologiya kabi qator yo‘nalishlariga tatbiq etildi.
https://telegra.ph/WEEK-H-KARIMOV-JARAYON-09-30
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment