
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Til bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim tashkilotlari (bakalavr va magistr) talabalari hamda texnikum, kollej va litsey o‘quvchilari @tiluzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.
Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
1-o‘rin – 8 million so‘m;
2-o‘rin – 6 million so‘m;
3-o‘rin – 5 million so‘m;
4-o‘rin – 3 million so‘m;
5-o‘rin – 2 million so‘m;
Shuningdek, hududiy bosqich g‘oliblari ham o‘zi tahsil oladigan oliy talim tashkiloti tomonidan mos ravishda 1-o‘rin bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari, 2-o‘rin 3 barobari va 3-o‘rin 2 barobari miqdorida pul yutuqlariga ega bo‘ladi.
Tanlov nizomi bilan tanishishAziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, o‘zbek tili bo‘yicha bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.