“Talabalikka bag‘ishlov — 2026”

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga joriy o‘quv yilida qabul qilingan talabalarning qasamyod qabul qilishi hamda 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan muhtasham “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi da “Talabalikka bag‘ishlov — 2026” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning badiiy qismida universitetda faoliyat yuritayotgan “Milliy estrada” va “Milliy cholg‘ular” badiiy havaskorlik to‘garaklari a’zolari ya’ni, “Leaders club” a’zolari tomonidan tomoshabinlarga ajoyib musiqiy chiqishlar namoyish etildi.
Ijodkor yoshlarning mazmunli va yuqori saviyadagi chiqishlari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi hamda bayram tadbiriga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. To‘garak rahbari: Rahimov Muhammadjon

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment