
E’LON
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari diqqatiga!
Universitetimizda talabalar o‘rtasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, tartib-intizomni mustahkamlash, talabalar huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda universitet hududida sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida “QALQON” jamoatchilik guruhi tashkil etilmoqda.
“Qalqon” jamoatchilik guruhi — universitet hayotida faol ishtirok etishni, tengdoshlarining huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashni hamda universitetda osoyishtalik va tartibni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shishni istagan faol talabalarni birlashtiradi.
Kimlar qo‘shilishi mumkin?
Universitetimizning faol, tashabbuskor, mas’uliyatli va jamoat ishlariga befarq bo‘lmagan barcha talabalari “Qalqon” jamoatchilik guruhiga a’zo bo‘lish uchun taklif etiladi.
Murojaat uchun tel, telegram: [+998997940945]